Jamiyat
Toshkent metrosi “Yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishining uch bekatida ish tartibi vaqtincha qisqartiriladi. Bu haqda metropoliten maʼmuriyati xabar berdi.
Avvalroq “Yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha boʻlgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida, yoʻnalishdagi boshqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan oʻzaro bogʻlash ishlarini tashkillashtirilishi yuzasidan maʼlumot berilgan edi.
Rejadagi ishlarni amalga oshirish uchun 16-dekabrdan “Yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishining Texnopark (Doʻstlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari bilan birgalikda Tuzel (3-bekat) bekatida ham ish rejimi soat 06:00 dan 22:00 gacha tashkil etiladi.
Shuningdek, Olmos (4-bekat) bekatidan Quruvchilar (12-bekat) bekatigacha boʻlgan bekatlar oraligʻida ish rejimi oʻzgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etiladi.
Soat 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha Olmos—Quruvchilar bekatlari oraligʻida bir tomonlama (chelnok) poyezdlar harakati tashkil etiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
109726
Jamiyat
94105
Jamiyat
89892
Jamiyat
73092
Jamiyat
//
Izoh yo‘q