Jamiyat
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan choyxonada qimor oʻynayotgan bir guruh shaxslar qoʻlga olindi, deb xabar beradi OʻzA.
Taʼkidlanishicha, choyxonani koʻzdan kechirish jarayonida qimor oʻyinlarida foydalaniladigan oshiq suyaklar, oʻyin kartalari, plastik chashkalar, sochilgan holda yotgan 1,8 ming dollar va 755 ming soʻm ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Tadbir davomida qimor oʻyini tashkilotchisi, Chilonzor tumanida yashovchi shaxs qoʻlga olinib, u doimiy tarzda bu kabi oʻyinlarni tashkil qilib kelgani maʼlum boʻlgan.
Holat yuzasidan bu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
2023-yilning oktabr oyida jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudi tomonidan mazkur fuqaroga 4 yil-u 11 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q