Jamiyat
Joriy yilning 9-dekabr kuni Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va tegishli vazirliklar hamkorligida “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda davlat va jamoat arboblari, xalq ichida katta hurmat qozongan olimlar, taniqli shoir va yozuvchilar, respublika va xalqaro tanlovlar hamda sport musobaqalarining gʻoliblari boʻlgan sportchilar, raqs guruhlari, mashhur sanʼatkorlar, milliy-madaniy markazlar vakillari, Milliy gvardiya qismlari, faol yoshlar, OAV vakillari va keng aholi ishtirok etdi.
Dastavval barcha yigʻilganlar Oʻzbekiston Davlat madhiyasini joʻr ovozda kuylashdi.
Shundan soʻng Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo tadbirni kirish soʻzi bilan ochib berdi. U oʻz nutqida vatanparvarlik, davlat ramzlari, xususan yurt qoʻshigʻi – madhiyaning hayotimizdagi oʻrni xususida toʻxtalib oʻtdi. Minhojiddin Mirzoning taʼkidlashicha, bunday yuksak tuygʻularni har bir vatandoshimiz oʻzida mujassamlashtirishi lozim.
Bayram tadbirida harbiy qism askarlari, kursantlar va “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilari ishtirokida vatanparvarlik mavzusida saf qoʻshiqlari hamda harbiy jang sanʼati namunalari asosida sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati bilan bir guruh ziyolilar, maʼrifat targʻibotchilari “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Koʻkrak nishonlarini Prezident Administratsiyasi shoʻba mudiri Abduxalil Mavrulov hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Nodirjon Xolboʻtayev (Nodir Jonuzoq) oʻz egalariga topshirdi.
Shuningdek, yigʻilganlarga konsert dasturi ham namoyish etildi. Dilnoza Ismiyaminova, Firdavs Fazliddinov, Adolat Ismoilova, Saidakbar Xolmedov va yana bir qancha el ardogʻidagi sanʼatkorlar oʻz kuy-qoʻshiqlari bilan tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy oʻzligimizga, milliy birligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita boʻlib xizmat qilishini alohida qayd etishimiz darkor.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q