Jamiyat
Oʻzbekiston oktabr oyi yakunlari boʻyicha dunyodagi eng yirik oltin sotuvchilardan biriga aylandi.
World Gold Council kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, oktabr oyida dunyo davlatlarining markaziy banklari jahon oltin zaxirasini 42 tonnaga oshirgan. Bu sentabr oyi bilan taqqoslaganda 41 foizga kam boʻlsa-da, 2023-yilning yanvar—sentabr oylaridagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 23 foizga yuqori demak.
Xitoy Xalq banki yana eng yirik xaridorga aylandi (23 tonna), undan keyingi oʻrinlarni esa Turkiya (19 tonna) va Polsha (3 tonna) Milliy banklari egalladi.
Qimmatbaho metallni eng koʻp sotgan davlat esa Oʻzbekiston boʻldi — 11 tonna. Undan keyingi pogʻonada 2 tonna koʻrsatkich bilan Qozogʻiston joylashgan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q