Jamiyat
“Oʻzgidromet” 11—13-dekabr kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. 11-dekabrda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 12-dekabrda kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja sovuq, 13-dekabrda kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 11-dekabr baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 12—13-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 12—13-dekabrda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq, 12-dekabrda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 13-dekabrda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, Navoiy viloyatining shimolida 11-dekabrda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 12-dekabrda kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja sovuq, 13-dekabrda kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 11-dekabr baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 12-dekabrda baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin, 13-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 12—13-dekabrda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 12-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 13-dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 11-dekabr baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 12—13-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 11-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 12-dekabrda kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq 13-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 11-dekabr baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 12-dekabrda baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin, 13-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 13-dekabrda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 12-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 13-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 11—12-dekabrda qor yogʻadi, 11-dekabrda baʼzi joylarda kuchli boʻladi, 13-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 11-dekabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq, 12—13-dekabrda kechasi 10-15 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 4-9 daraja sovuq boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Alp Demir
18:12 / 09.12.2023
Qayerda -20 darajagacha pasayarkan?