Toshkent shahar kengashi gul ekish uchun 5 mlrd soʻm ajratdi

Saqlash
22:29 / 07.12.2023 2535 0

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi 19-sentabr kungi qarori bilan poytaxtga mavsumiy gullar ekish uchun 12 mlrd soʻm ajratilishi maʼqullagandi. Kengash 29-noyabr kuni bu mablagʻlarning 5 mlrd soʻmini taqsimlash toʻgʻrisida qaror chiqardi.

 

5 mlrd soʻmlik xarajatlar paketining manbasi – respublika budjetining 2023-yil 3-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga ajratilgan mablagʻlardir.

 

Ajratilayotgan mablagʻlar taqsimoti quyidagicha:

 

poytaxtning 12 ta tumani obodonlashtirish boshqarmalariga (taqsimoti quyidagi jadvalda) – 2,73 mlrd soʻm;

 

Irrigatsiya xoʻjaligi va koʻkalamzorlashtirish obyektlarini taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga – 1,4 mlrd soʻm;

 

Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga – 550 mln soʻm;

 

Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga – 250 mln soʻm;

 

Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasiga – 70 mln soʻm.

 

Tumanlar kesimida gul ekish uchun eng koʻp mablagʻ Mirzo Ulugʻbek (500 mln soʻm) va Chilonzor (400 mln soʻm) tumanlariga berilmoqda. Eng kam mablagʻ – Bektemir (100 mln soʻm), Yangihayot va Uchtepa tumanlariga (130 mln soʻmdan) ajratiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//