Dam olish kunlari qor yogʻadi

Saqlash
20:29 / 07.12.2023 2662 0

Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomgʻir va qor yogʻadi.

 

Payshanba kuni kunduzi Oʻzbekiston hududi boʻyicha ob-havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Harorat +8…+13 daraja, shimolda 0…+5 daraja boʻladi, deb yozadi “Oʻzgidromet”.

 

Juma, 8-dekabr kuni respublikaning koʻpchilik hududlarida yomgʻir yogʻadi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0…+5 darajagacha, kunduzi +5…+10 darajagacha, shimolda kechasi −2…−7 darajagacha, kunduzi 0…-2 darajagacha pasayadi.

 

Shanba, 9-dekabr kuni yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik faqat Oʻzbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida saqlanib turadi. 8−9-dekabr kunlari togʻli hududlarda yogʻingarchilik asosan qor shaklida boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

 

Yakshanba, 10-dekabr kuni respublikaning koʻpchilik hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Havo harorati shanba kuni kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +3…+8 daraja, yakshanba kuni kechasi -2 darajadan +3 darajagacha, kunduzi +5…+10 daraja atrofida boʻladi.

 

Respublika shimolida dam olish kunlari kechasi −5…−10 darajagacha, kunduzi 0…-5 darajagacha boʻladi.

 

Keyingi haftaning birinchi yarmida sovuq respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Havo harorati kechalari −8…−13 darajagacha, kunduz kunlari −3…−8 darajagacha pasayadi. Respublika shimolida harorat kechalari −15…−20 darajagacha, kunduz kunlari −7…−12 darajagacha pasayadi.

 

Toshkent shahrida 7 va 10-dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, 8-dekabrda kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, 9-dekabrda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Harorat 7-dekabrda +9…+11 daraja, 8−10-dekabrda kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +4…+9 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//