Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi AGTKShlar ish vaqtiga cheklov kiritildi

Saqlash
20:06 / 07.12.2023 2474 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari tun-u kun rejimidan soat 6:00 dan 15:00 gacha ishlash rejimiga oʻtmoqda. Bu haqda “Hududgaz Qoraqalpogʻiston”ga tayanib, KRuz.uz xabar berdi.

 

Bu cheklov 9–14-dekabr kunlari havo keskin sovib ketishi munosabati bilan isteʼmolchilarning tabiiy gazga talabi ortib, magistral tarmoqlarda gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsadida kiritilgan.

 

Bungacha 4-dekabrdan boshlab Andijon viloyatidagi AGTKShlar ish vaqti 6:00 dan 15:00 gacha cheklangandi.

 

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi gaz quyish shoxobchalari faoliyatida ham uzilishlar kuzatila boshlagani haqida maʼlumotlar bor.

 

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida metan gaz quyish shoxobchalari soat 8:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritayotgani aytilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//