Jamiyat
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida 8 yoshli qizni oʻpib, uyatsiz harakatlar qilgan erkak ushlangani haqida xabar berilgandi. Erkakka nisbatan sud hukmi oʻqildi.
Unga koʻra, jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudida M.I. (1960-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, pensioner, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi. Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudining sudyasi S.Abdugʻaniyev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqildi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq M.I. Jinoyat kodeksining 129-moddasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 50-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish) 6-qismi talabidan kelib chiqqan holda 5 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining appelyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q