Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda pedagog bogʻcha yoshidagi bolani urib, mashgʻulot oʻtayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan bolalar ombudsmani matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Voqea Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Logo bilim” taʼlim markazida sodir boʻlgani maʼlum qilindi. Pedagog 2019-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchi M.B.ni urgan holda mashgʻulot olib borgan.
Holat yuzasidan bolaning onasi bolalar ombudsmaniga murojaat qilgan va ombudsman tomonidan nazoratga olingan. Tuman IIB tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlagan.
“Oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan bolaga nisbatan bunday pedagogika zid harakatlarga yoʻl qoʻygan mutaxassis hozirda ishdan boʻshatilgan boʻlib, uning harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111055
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74527
Jamiyat
//
Izoh yo‘q