Jamiyat
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati katta konsultanti fuqarodan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, u muqaddam sudlangan ikki nafar shaxsga nisbatan Oliy sudning Jinoiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatida kassatsiya tartibida koʻrilayotgan jinoyat ishini Fargʻona viloyat sudiga oʻtkazgan holda, ularning oqlanishiga yordam berishni vaʼda qilgan.
Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining sudya katta yordamchisi mahalliy tadbirkorning ishonchiga kirib, uning apellyatsiya bosqichida koʻrilayotgan daʼvo arizalarini sudyalar orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 6 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, sudya katta yordamchisi muqaddam tadbirkorning Termiz tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2 ming dollar talab qilib, 600 dollar olgani ham maʼlum boʻldi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211-moddalari (pora olish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q