Orol dengizi va Ustyurt tekisligi astroturizm uchun dunyodagi eng yaxshi joy deb qayd etildi

Saqlash
16:57 / 06.12.2023 1710 0

Buyuk Britaniyaning mashhur “Time out” saytida dunyoning turli burchaklarida sivilizatsiyadan yiroq tabiiy hududlardagi “Stargazing” – yulduzlarni kuzatish uchun TOP-10 turizm maskanlar roʻyxatini eʼlon qildi.

 

Unda AQSh, Chili, Yangi Zelandiya, Hindiston davlatlarining turistik obyektlari bilan bir qatorda Qoraqalpogʻistonning asosiy ekoturizm obyekti boʻlmish Ustyurt tekisligi va Orol dengizi ham qayd etilgan.

 

Jumladan, dengizning qurib borishi va ekologik ofat oqibatlari bilan kurashishda Ekoturizmning alohida oʻrni, bir necha yillardan beri xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatib kelayotgan “Besqala” turistik korxonasi hamda Orol dengizi boʻyidagi oʻtovlar majmuasi haqida soʻz etilgan. Maqola soʻngida esa muallif oʻz auditoriyasiga Orolboʻyi hududiga tur buyurtma qilib dengizni borish koʻrish, oʻtovlar majmuasida boʻlish va tungi vaqtlarda yulduzlarni kuzatishni taklif etadi.

 

Maʼlumot oʻrnida, “Time out” nashriyoti 1968-yili oʻz faoliyatini boshlagan boʻlib, bugungi kunda Buyuk Britaniyaning global media mehmondoʻstlik brendi sifatida tanilgan nufuzli nashriyot hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//