Jamiyat
Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tahliliy kompaniyasi dunyoning 173 ta yirik shahrida yashash narxi boʻyicha yangi tadqiqotini eʼlon qildi.
Unda tahlilchilar 2023-yilning martidan sentabrigacha boʻlgan davr uchun 400 ta tovar va xizmatlar narxini dollarda solishtirgan. Barcha shaharlar Nyu-York bilan taqqoslanib, uning bazaviy reytingi 100 ta punkt asosida baholangan.
Mutaxassislarning fikricha, dunyoning yirik shaharlarida yashash oʻrtacha 7,4 foizga qimmatlashgan. Bu oʻtgan yilgi 8,1 foizlik koʻrsatkichdan biroz kamroq, ammo 2017−2021-yillardagi oʻrtacha koʻrsatkichdan sezilarli darajada yuqori shakllangan.
Singapur va Syurix eng qimmat yashash darajasiga ega shaharlar reytingida birinchi oʻrinni egalladi. Syurixga Shveysariya frankining mustahkamlanishi, Singapurga esa transport va kiyim-kechakning qimmatligi yordam bergan. Keyingi oʻrinlarda Jeneva, Nyu-York va Gonkong turibdi. Shuningdek, kuchli oʻntalikka Los-Anjeles, Parij, Kopengagen, Tel-Aviv va San-Fransisko kirgan.
Toshkent esa dunyoning qimmat shaharlari reytingida 31 punktlik bazaviy reyting bilan 169-oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston poytaxtining reytingdagi oʻrni Tunis va Karachi oʻrtasida joylashgan.
Uzoq vaqt davomida dunyodagi eng arzon shahar Suriya poytaxti Damashq (13 ball) boʻlib qolmoqda, bu reytingda unga eng yaqin boʻlgan Tehrondan (20) deyarli ikki barobar koʻp. Kuchli oʻnlikka Tripoli, Lusaka, Lagos, Buenos-Ayres, shuningdek, Hindistonning Ahmadobod va Chennay shaharlari kiradi.
Damashq, Tehron va Tripolida oziq-ovqat, shuningdek, uy-roʻzgʻor va shaxsiy parvarishlash mahsulotlarining arzon narxlari kuzatilmoqda. Bundan tashqari, eng yuqori inflyatsiya Karakasda (450 foiz) qayd etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q