Oʻzbekistonda hafta oxirida havo keskin soviydi. Qor yogʻishi kutilmoqda

Saqlash
17:38 / 05.12.2023 1388 0

“Oʻzgidromet” 9–14-dekabr kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Respublika hududiga 9–14-dekabr kunlari shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.

 

9-dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10-dekabrda shimoliy va choʻl hududlarida, 11-dekabrda respublika boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

 

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14-dekabr kunlari kechasi -10...-13 daraja, kunduzi -5...-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechasi -17...-20 daraja, kunduzi -9...-12 daraja sovuqqacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//