Jamiyat
UzAuto Motors 2024-yil yanvaridan Chevrolet Gentra (Lacetti) sedanini ishlab chiqarishni toʻxtatadi.
Qaror GM Global siyosati bilan bogʻliq. Gentra uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish quvvati yangi modellarga yoʻnaltiriladi.
Ishlab chiqarishni toʻxtatish rejalari 2022-yil dekabr oyida eʼlon qilingandi. Avtomobil modellarining hayot sikli haqidagi slaydda Gentraʼning sikli 2023-yil oxirida tugashi koʻrsatilgandi. Xuddi shunday belgilar Spark va Nexia modellarida ham koʻrsatilgan — ularning ishlab chiqarilishi 2022-yil oxirida yakunlangan.
Eslatib oʻtamiz, Chevrolet Lacetti sedanining yirik blokli yigʻilishi Asaka avtomobil zavodida 2003-yilda tashkil etilgan. 2008-yilda ushbu avtomobilni toʻliq ishlab chiqarish boshlangan. Besh yil oʻtgach, ushbu modelning yangilangan versiyasi taqdim etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q