Oʻzbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, 20 foizi esa semiz

Saqlash
23:14 / 04.12.2023 1599 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 18–64 yoshdagi aholisi oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari aholining yarmi ogʻir vaznli, 20 foizi semiz ekanligini koʻrsatdi, deb xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi.

 

Xabarda aytilishicha, har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar isteʼmol qiladi. 46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan.

 

Aholining oʻrtacha tuz isteʼmoli kuniga 14,9 grammni tashkil etadi. Bu Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar koʻp (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim) deganidir.

 

Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishiga jalb etish muhim ahamiyatga ega.

 

Shu oʻrinda jismoniy faollik hamda ovqatlanish meʼyor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yogʻ miqdori koʻp boʻlgan taom va shirinliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish, shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar isteʼmol qilmaslik quyidagi asoratlarni keltirib chiqaradi:

 

Birinchidan, yoshlarda ratsional oʻsish va aqliy rivojlanishda ortda qolish,

 

Ikkinchidan, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli oʻsma kabi insonning erta oʻlimiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//