Jamiyat
“Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroyi filiallarida 2 ming 17 dona harakat tarkibi mavjud.
OʻzAga koʻra, shundan 672 donasi dizel yoqilgʻisida (33 foiz), 1 ming 20 donasi tabiiy gaz yoqilgʻisida (50 foiz), 324 donasi elektr energiyasida (17 foiz) harakatlanadi. 2022—2023-yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 foizi elektr energiyasida harakatlanadi.
Natijada, harakat tarkibining oʻzidan chiqadigan zararli moddalar miqdori 2022-yilda 5,1 ming tonnani, 2023-yilda 4,8 ming tonnani tashkil etgan. 2024-2030-yillarda qoʻshimcha 1 200 dona elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilgʻisiga oʻtkazish koʻzda tutilgan.
2024-yilda harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilash orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagacha kamayishiga erishish rejalashtirilgan.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112433
Jamiyat
95094
Jamiyat
91315
Jamiyat
76012
Jamiyat
//
Izoh yo‘q