Oʻzbek kinoshunosligi asoschilaridan biri Joʻra Teshaboyev 90 yoshda vafot etdi

Saqlash
12:12 / 04.12.2023 1171 0

Oʻzbek kinoshunosligi asoschilaridan biri Joʻra Teshaboyev 3-dekabr kuni 90 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

 

Joʻra Teshaboyev Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989), Sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor (1991).

 

U Kiyev universitetini tugatgan (1956). 1956—1958-yillarda Andijon maorif boʻlimida faoliyat yuritgan. 1958—1960-yillarda “Oʻzbekfilm”da muharrir, 1960-yildan Sanʼatshunoslik institutida avval aspirant, ilmiy xodim, 1987-yildan kino va televideniye boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan. 1968-yildan Sanʼat institutida dars bergan.

 

Asosiy ilmiy ishlari kino sanʼati nazariyasi va tarixiga oid masalalar, shuningdek, oʻzbek ekran sanʼati arboblari ijodiga bagʻishlangan. 30 ta hujjatli kino, 2 ta multfilmga ssenariy yozgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish