Jamiyat
Prezident qarori bilan Oʻzbekistonda qimor oʻyinlari ishtirokchilarining kartalaridan transchegaraviy oʻtkazmalar taqiqlanadi.
30-noyabr kuni “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari toʻgʻrisida”gi prezident qarori imzolangandi.
Unga koʻra, mablagʻlarni oluvchi tomonidan qimor oʻyinlari tashkil etish va oʻtkazish faoliyati hamda kapital harakati operatsiyalari amalga oshirilayotgani toʻgʻrisidagi toʻlov tizimining operatsiya kodi yoki boshqa identifikatorlar belgilangani haqida maʼlumotlar mavjud boʻlganda, tijorat banklari tomonidan bank kartasi yordamida Oʻzbekiston tashqarisida joylashgan mablagʻlarni qabul qiluvchiga transchegaraviy oʻtkazish taqiqlanadi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligining murojaatlari asosida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan qonunga xilof ravishda qimor oʻyinlarida qatnashish hamda kapital harakati operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi Internet tarmogʻidagi axborot resurslari belgilangan tartibda Oʻzbekiston qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi reyestriga kiritiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q