Jamiyat
“Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari hukumati oʻrtasida haydovchilik guvohnomalarini oʻzaro tan olish va almashish toʻgʻrisida”gi anglashuv memorandumi imzolandi.
2-dekabr kuni Abu-Dabi shahrida Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi delegatsiyaning Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri oʻrinbosari — ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.
IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, memorandumning kuchga kirishi bilan har ikki davlat fuqarolari oʻzlarining milliy haydovchilik guvohnomalari bilan ikkinchi tomon davlatining hududiga tashrif buyurgan davrda (uzoq muddatga yashash uchun kelganlar bundan mustasno) transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻladi.
BAA rezidenti boʻlgan (uzoq muddatga yashash huquqini olganlar) milliy haydovchilik guvohnomasiga ega Oʻzbekiston fuqarolari BAA haydovchilik guvohnomasini olish vaqtida tegishli nazariy va amaliy sinovlarni topshirishdan ozod qilinadi.
Hujjat 2024-yilning 27-yanvaridan kuchga kirishi belgilangan.
Shuningdek, boʻlib oʻtgan uchrashuvda tomonlar transmilliy uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi va kiberjinoyatlarga qarshi birgalikda kurashish, mazkur yoʻnalishlarda xodimlarning malakasini oshirish va oʻzaro tajriba almashishni muhokama qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q