Jamiyat
Toshkent shahri sudida birinchi instansiyada koʻrilayotgan “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bogʻliq jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar tergov organi tomonidan ayblangani sababli va boshqa asoslarga koʻra ishni koʻrish 1 oylik muddatga toʻxtatildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.
Unga koʻra, sud tomonidan 1-dekabr kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 416- (Sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari) va 417- (Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari) moddalari tartibida ajrim chiqarilgan.
“Jinoyat ishiga tegishli ayrim hujjatlar ayblovni toʻldirish va boshqa shaxslarni ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organiga yuborildi”, — deyiladi bayonotda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q