Jamiyat
Daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining xabar berishicha, maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasiga kiritilayotgan oʻzgarishlarga koʻra, daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirish fuqarolarga BHM 25 baravaridan 50 baravarigacha (ayni damda 5 baravaridan 10 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa BHM 50 baravaridan 75 baravarigacha (ayni damda 10 baravaridan 15 baravarigacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyo yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosi musodara qilinib, fuqarolarga BHM 50 baravaridan 75 baravarigacha (ayni damda 10 baravaridan 20 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa BHM 75 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima (ayni damda BHM 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima) yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish jazosi qoʻllaniladi.
Qolaversa, 79-moddaga 4-qism ham qoʻshilmoqda. Unga koʻra, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yoʻq qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan mansabdorlar BHM 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.
Bundan tashqari, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning 49-moddasiga ikkita qism qoʻshilmoqda.
49(1)-moddaga koʻra, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini gʻayriqonuniy ravishda kesgan yoki yoʻq qilgan huquqbuzarlar har bir daraxt va buta oʻrniga oʻsha joyda qimmatbaholigi jihatidan kam boʻlmagan 100 tup daraxt va buta koʻchatini ekishi belgilanmoqda. Bu Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlarining qaroriga koʻra amalga oshiriladi va huquqbuzar daraxtlarni oʻz hisobidan ekib, 3 yil davomida parvarish qiladi. Agar ushbu joyda daraxt va buta koʻchatlarini ekish uchun yer maydoni yetarli boʻlmasa, daraxt va buta koʻchatlarining qolgan qismi tegishli maʼmuriy-hududiy birlikdagi boshqa joyga ekiladi.
Gʻayriqonuniy kesilgan yoki yoʻq qilingan daraxtlar va butalarning qiymati, ularning oʻrniga ekiladigan koʻchatlarning turlari, shuningdek, ekish muddatlari va joyini aniqlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
49(2)-moddasiga koʻra davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini gʻayriqonuniy kesgan, yoʻq qilgan yuridik shaxslar BHM 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q