Jamiyat
Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashovchi fuqaroning kartasidan 250 mln soʻm oʻgʻirlandi.
IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, 38 yoshli G.O. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 250 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashovchi 26 yoshli N.G., Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi 18 yoshli T.X. hamda Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi 26 yoshli I.M. sodir etganligi aniqlangan.
Unga koʻra, N.G. jabrlanuvchi G.O.ning qoʻl telefoniga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini “Click” operatori sifatida tanishtirib, “SMS” xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qoʻlga kiritib, jami 250 mln soʻm miqdoridagi pullarni oʻtkazib olgan va pullarni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, N.G.,T.X. va I.M.larning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q