 
                   
                    Siyosat
Shoyatbek Boboyev Andijon viloyatining Paxtaobod tumaniga hokim etib tayinlandi.
Boboyev ushbu lavozimda 2022-yil oktyabridan beri ishlayotgan Azizbek Latifjonovning (sobiq favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari) oʻrnini egalladi.
Shoyatbek Boboyev 1981-yilda Xonobod shahrida tugʻilgan. 2011-yilda (sirtqi) Andijon qishloq xoʻjalik institutini, 2016-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U “Uz-koje”, “Oʻzbekiston temiryoʻllari”, “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatlari, Xoʻjaobod tumani hokimligi va uchta vazirlikda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Hokim lavozimiga qadar u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining mashinasozlik (uskunasozlik) va elektrotexnika sanoati boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109667
             109667
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89831
             89831
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q