Toshkent metrosida kaft orqali pul toʻlash yoʻlga qoʻyildi

Saqlash
20:32 / 30.11.2023 2054 3

Toshkent metropolitenining “Xalqlar doʻstligi” bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali toʻlovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

 

Toshkent metropolitenidan foydalanganda yoʻl haqqini toʻlash uchun bank kartalari, transport kartalari yoki QR-kodli chek olishning hojati qolmayapti. Oʻtish joyida UZINFOKOMning — Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikatsiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirildi.

 

“Kaftingizni skaner ustiga tutasiz va tizim sizni identifikatsiya qiladi. Sizdan avtomatik tarzda toʻlov yechib olinadi. Buning uchun siz bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizni kiritishingiz zarur.

 

Jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablagʻi bilan toʻldiriladi. Shundan soʻng toʻlov uchun kaftingiz kifoya qilib, hech qanday internetsiz, karta yoki, QR-kodli cheklarsiz toʻlovni amalga oshira olasiz”, deyiladi xabarda.

3 Izohlar

Сурайё

01:12 / 06.12.2023

Ассалому алайкум. Зўр ғоя! Картани қидириб ўтирмайсан, киши. Қандай қилиб рўйхатга олинади?

Qalandar

22:11 / 30.11.2023

Karta yoki pulni unutib qoldirganda va telefon oʻchib qolganda ancha kerak boʻlarkan

Farrux

20:11 / 30.11.2023

Juda ajoyib yangilik boʼlibdi!

Izoh qoldirish

//