“Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi videoroliklar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Saqlash
17:49 / 30.11.2023 2232 1

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʻtkazilgan “Ulugʻimsan, Vatanim” mavzusidagi videoroliklar tanlovining g‘oliblari aniqlangan edi.

 

30-noyabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida tanlovning  taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi va quyidagi g‘oliblarimizga diplom hamda televizor (1-o‘rin uchun 50 o‘lchamli, 2-o‘rin uchun 43 o‘lchamli, 3-o‘rin uchun 32 o‘lchamli) topshirildi:

 

1-oʻrin – Odiljon Nabijonov, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassisi;

2-oʻrin – Munavvar Baxtiyorova, Toshkent kimyo texnologiyalar universiteti Samarqand filiali o‘qituvchisi (qizi Samarqand shahri 20-umumta’lim maktabi 3-sinf o‘quvchisi Charos Azizova bilan birgalikda);

3-o‘rin – Erkin Pardayev, Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimiyati matbuot kotibi.






Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari Furqat Jo‘raqulov g‘oliblarni taqdirlar ekan, ularga davlat ramziga bo‘lgan hurmat va e’tibor uchun alohida minnatdorlik bildirdi.




Ma’lumot uchun, tanlovga 800 dan ortiq videorolik yuborilgan, ular orasidan hakamlar hayʼati qaroriga koʻra, uch nafar asosiy g‘olib, uch nafar rag‘batlantiruvchi sovrindorlar tanlab olingan.

 

Rag‘batlantiruvchi o‘ringa tavsiya etilgan quyidagi g‘oliblarimizga kitoblar to‘plami yuborildi:

 

1. Orzubek Temirov – Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Ixtisoslashtirilgan maktab 8-sinf o‘quvchisi;

2. Botir Sharipov – Jizzax viloyati Arnasoy tumani 8-maktab o‘qituvchisi (qizi tumandagi 5-maktab 4-sinf o‘quvchisi Anora Rahmonberdiyeva bilan birgalikda);

3. Akmaljon Tojialiyev –  Farg‘ona viloyati Rishton tumani 32-maktab o‘qituvchisi.

 

 

Oyina.uzni Telegramda kuzating.

 

1 Izoh

Nargiza

00:12 / 01.12.2023

Tanlov gʻoliblarini videoroliklarni namoyish qilishsa yaxshi boʻlardi qani qanday tayyorlangan ekan

Izoh qoldirish

//