Jamiyat
Toshkent shahridagi aholi va tashkilotlar uchun chiqindi toʻplash va olib ketish xizmati narxi koʻtarildi.
Xizmat narxi aholi uchun oyiga 4500 soʻmdan 7500 soʻmga, budjet va xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar uchun 53986 soʻmdan 89966 soʻmgacha oshgan. Tariflar 15 kundan keyin (14-dekabrdan) amal qilishi kutilmoqda.
Budjet va xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar uchun 1 kub.m. qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish QQSsiz 89 966,57 soʻmga (hozirda 53 986,56 soʻm), 1 tonna chiqindi — 188 808,96 soʻmga (hozirda 20174 soʻm) qimmatlashadi.
Korxona va tashkilotlar uchun ND-310 rusumli avtomashinalar (markaziy yuk tashuvchi) yordamida chiqindi tashish shoxobchalaridan (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod metro stansiyalari) qattiq maishiy chiqindilarni Ohangaron poligoniga olib chiqish besh baravar qimmatlashadi — 116461,34 soʻm (hozirda 22275 soʻm).
Eslatib oʻtamiz, chiqindilarni olib chiqish boʻyicha tariflar oxirgi marta 2019-yil yanvarida oshirilgan edi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q