Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30-noyabr – 2-dekabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubay shahrida boʻladi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, iqlim boʻyicha global sammitda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarining davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashadi.
Tadbir kun tartibidan BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi asosiy qoidalarini amalga oshirish, bugungi ekologik tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, “yashil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari surishda keng hamkorlik masalalari oʻrin olgan.
Davlat rahbari sammitning yalpi sessiyasida nutq soʻzlashi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar oʻtkazishi kutilmoqda.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi BMTning Hadli konvensiyasiga 1993-yilda qoʻshilgan, 2018-yilda mamlakatimiz Parij bitimi ishtirokchisi boʻlgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q