Siyosat
29-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan joriy yil 5-7-oktabr kunlaridagi Rossiya Federatsiyasiga oliy darajali tashrif chogʻida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi koʻrib chiqildi.
Yetakchilar Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib, koʻp qirrali hamkorlik kengayib borayotganini qayd etdilar.
Oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichlarining oʻsish surʼati saqlanmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, hududlararo aloqalar rivojlanmoqda. Kuni kecha Jizzax viloyatida birgalikda tashkil etilgan yirik agrologistika majmuasi ishga tushirildi.
Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari madaniy-gumanitar almashinuv faol kechayotgani hamda sogʻliqni saqlash sohasida dasturlar amalga oshirilayotganini ham olqishladilar.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Dilafroʻz Bibalayeva
06:11 / 30.11.2023
Assalomu alaykum. Rassiya federatsiyasi bilan hamkorligimiz yanada rivojlansin. Shu oʻrinda bir taklif bildirmoqchiman, yaʼni Rassiya federatsiyasida ishlayotgan migrantlar patent toʻloviga maʼlum miqdorda imtiyozlar berilsa yaxshi boʻlar edi. Patent toʻlovi narxini iloji imkon qadar tushursa yaxshi boʻlar edi.