Toshkentdan Sariosiyoga alohida yoʻlovchi poyezdi qatnaydigan boʻldi

Saqlash
20:54 / 29.11.2023 1217 0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida oʻtkazilgan taqdimotlar va muloqotlar jarayonida berilgan topshiriqlar boʻyicha 82/81-sonli “Toshkent — Sariosiyo — Toshkent” yoʻnalishida alohida yoʻlovchi poyezd harakati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Poyezd 2023-yilning 10-dekabr sanasidan harakatni amalga oshiradi.

Chiptalarni elektron tarzda eticket.railway.uz va Uzrailways ilovasi orqali yoki temir yoʻl chiptaxonalaridan xarid qilish mumkin.

Hozirgi kunda “Toshkent — Termiz — Sariosiyo” yoʻnalishida har kuni bir marotaba harakatlanadigan yoʻlovchi poyezd harakati mavjud boʻlib, ushbu poyezd ajralmas tarkib bilan harakatlanadi.

Shu sababdan ushbu poyezdni ikkita yoʻnalishda alohida qatnovlarini tashkil etish yoʻlovchi tashishlar sonini ikki barobarga oshirilishiga xizmat qiladi.

Yoʻnalishlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

82-sonli “Toshkent — Sariosiyo” yoʻnalishi: Toshkent 21:40 — Sariosiyo 12:08
81-sonli “Sariosiyo — Toshkent” yoʻnalishi: Sariosiyo 19:13 — Toshkent 11:47
80-sonli “Toshkent — Termiz” yoʻnalishi: Toshkent 19:50 — Termiz 9:40
79-sonli “Termiz — Toshkent” yoʻnalishi Termiz 17:43 — Toshkent 8:53

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//