Pedagoglarga malaka toifasi berishning yangi tartibi tajribadan oʻtkaziladi

Saqlash
19:49 / 29.11.2023 1392 1

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida oʻtkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5-7-dekabr kunlari oʻtkaziladi.

Ular quyidagi tuman va shaharlarda boʻlib oʻtadi:

1. Xorazm viloyati — Hazorasp tumani;
2. Buxoro viloyati — Olot tumani;
3. Navoiy viloyati — Konimex tumani;
4. Fargʻona viloyati — Oltiariq tumani;
5. Namangan viloyati — Yangi Namangan tumani;
6. Toshkent shahri — Yangihayot tumani;
7. Samarqand viloyati — Urgut tumani;
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi -Qoraoʻzak tumani;
9. Andijon viloyati — Andijon shahri va Paxtaobod tumani;
10. Surxondaryo viloyati — Boysun va Sherobod tumanlari;
11. Sirdaryo viloyati — Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari;
12. Jizzax viloyati — Baxmal va Gʻallaorol tumanlari;
13. Toshkent viloyati — Boʻka va Ohangaron tumanlari;
14. Qashqadaryo viloyati — Qamashi va Chiroqchi tumanlari;

Malaka, sinov aprobatsiyasi natijalaridan test topshiriqlari va tajriba jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.

Pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashda yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini koʻrib chiqishga taʼsir qilmaydi.

Prezidentning “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinishi 2024-yildan boshlab amalga oshirilishi belgilangan.

Malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish boʻyicha sinovlarni oʻtkazishga moratoriy joriy etilgan boʻlib, moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmasligi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytirilishi belgilab qoʻyilgan.

1 Izoh

Nasiba

20:11 / 29.11.2023

Kimlar qatnasha oladi? Toshkent shahrida faqat Yangihayotliklarmi?

Izoh qoldirish

//