Jamiyat
“Oʻzgidromet” 30-noyabr, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, tuman tushadi. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+7 daraja, kunduzi +10...+12 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab Toshkent viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +8...+13 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +12...+17 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +0...+5 daraja boʻladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q