Toshkentda avtobus avtomobilga nisbatan 135 barobar samaraliroq – Transport vazirligi

Saqlash
17:28 / 29.11.2023 1237 0

Toshkent shahrida avtobusning yengil transportga nisbatan samaradorligi 135 barobarni tashkil etadi. Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.

Tahlillarga koʻra, poytaxtda bitta yengil avtotransport vositasida bir kunda oʻrtacha 4,3 nafar yoʻlovchi, bitta avtobusda esa oʻrtacha 580 nafar yoʻlovchi tashilmoqda. Oʻtkazilgan transport makromodeli tahlillariga koʻra poytaxtdagi mobil aholining kunlik harakatlanish (qatnov) soni oʻrtacha 9 millionni tashkil etib, shundan 6 million qatnov transportda amalga oshiriladi.

Transportda amalga oshirilayotgan qatnovlarning 1,7 milliontasi (28 foiz) jamoat transporti, 4,3 milliontasi yengil avtotransport hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

 

Poytaxtning transport vositalari doimiy harakatlanadigan asosiy 73 ta koʻchasining uzunligi 472 kmni tashkil etib, oʻrtacha 380−400 mingta avtotransport harakatlanishiga moʻljallangan. Hozirda shaharda kun davomida oʻrtacha 1 millionga yaqin avtotransport harakatlanmoqda. Bu yoʻllarda bir vaqtda harakatlanish sigʻimidan 2 barobar koʻp hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//