Hojiboy Tojiboyev asarlaridan foydalanish boʻyicha mutlaq huquqlar ikkita kanalga berildi

Saqlash
15:00 / 29.11.2023 1283 0

Qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning asarlaridan foydalanishda mutlaq huquqlar “Milliy TV” telekanali va “Oriat Dono” radiosi tomonidan litsenziya shartnomasi asosida amalga oshiriladigan boʻldi. Bu haqda Sanʼatkor, ijodkor va ijrochilar palatasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasining saʼy-harakatlari tufayli badiiy soʻz ustasi Hojiboy Tojiboyevning merosxoʻrlari huquqlarini himoya qilish maqsadida uning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qoʻyilgan. Bu mualliflik huquqini himoya qilishda ulkan qadam ekanligi qayd etilgan.
 

“Biz barcha tele va radiokanallarni respublikamiz mualliflari, shuningdek, xorijiy muallif va ijrochilar huquqlarini buzmaslik uchun mualliflik huquqi egalari, jumladan, Palata bilan asarlardan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi tuzishga chaqiramiz. Bu nafaqat mamlakatimiz, balki butun jahon hamjamiyati uchun muhim”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//