Jamiyat
Qonunchilik palatasining 28-noyabrdagi navbatdagi majlisida deputatlar yoʻl harakati qoidalari bilan bogʻliq qonun loyihasini uch oʻqishda koʻrib chiqib, qabul qildi.
Loyiha bilan transport vositalarini mast holatda boshqarish yoki mastlik holatida tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlash uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Amalda buning uchun maʼmuriy javobgarlik mavjud.
Amaldagi tartibga koʻra, avtomobilni mast holatda boshqarish maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi. Endilikda jazo ogʻirlashtirilishi kutilmoqda. Shuningdek, mastlik holatida tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlash ham jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 131-moddasiga koʻra, hozirda avtomobilni mast holda haydash transport vositasini boshqarish huquqidan bir 1 yil-u 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, BHMning 25 baravari (1-dekabrdan 8,5 mln soʻm) miqdorida jarima solishg sabab boʻlishi mumkin.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, BHMning 40 baravari (1-dekabrdan 13 mln 600 ming soʻm) miqdorida jarima solishga yoki 15 sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Hozirda mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlash kodeksning 136-moddasiga koʻra maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi. Bunda, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yil-u 6 oydan 3 yilgacha mahrum qilinib, BHMning 15 baravari (1-dekabrdan 5 mln 100 ming soʻm) miqdorida jarimaga tortiladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q