Jamiyat
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Majlisda taʼkidlanishicha, ayrim haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalariga bepisandlik bilan qarash, transport boshqarish madaniyatiga rioya qilmaslik, yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan hurmatsizlik, transport vositasini keskin boshqarish hamda boshqa harakatlarda ifodalanadigan “agressiv boshqarish” holatlari koʻpaymoqda.
Qonun loyihasi bilan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum boʻlgan shaxs tomonidan transport vositasini takroran boshqarish uchun jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, transport vositasi haydovchilari tomonidan doimiy ravishda qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari hisoblash tizimini joriy etish belgilanmoqda. Yaʼni, ushbu norma bilan hisoblangan jarima ballari bir yil davomida oʻn ikki balldan oshgan hollarda oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qoʻshimcha jazo tariqasida haydovchini transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.
Mazkur tartibga muvofiq, haydovchi bir yil davomida yoʻl harakati qoidalari bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etish yoʻli bilan belgilangan miqdordagi jarima ballarini toʻplagan taqdirda unga nisbatan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi qoʻshimcha jazo sifatida qoʻllanishi belgilanmoqda.
Majlisda taʼkidlanishicha, qonun loyihasi bilan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosini sudlar tomonidan qoʻllanishini inobatga olib, Yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganlik uchun maʼmuriy jazosini jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllash tartibi ham taklif qilinmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q