Bozorlardagi yangi narxlar eʼlon qilindi

Saqlash
19:50 / 28.11.2023 1339 0

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahrida joylashgan “Qoʻyliq” va “Chorsu” dehqon bozorlaridagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 27-noyabrdagi ulgurji narxlari haqida maʼlumot berdi.

Oʻrganishlarga koʻra, dushanba tongida “Qoʻyliq”da narxi sezilarli darajada koʻtarilgan mahsulotlardan biri uzum boʻlgan. Oʻtgan hafta avvalida kilosi maksimum 90 000 soʻmgacha sotilgan uzum joriy hafta boshida 100 000 soʻmgacha oshdi.

Nokning yuqori narxi ham kilosiga 35 000 soʻmdan 45 000 soʻmga qimmatlashdi.

27-noyabr kuni “Chorsu”da mol goʻshtining kilosi 60 000 – 70 000 soʻmdan, qoʻy goʻshti 65 000 – 70 000 soʻmdan sotilgan. Goʻsht ulgurji narxlari bir oydan ortiq vaqt davomida oʻzgarmay kelmoqda.

“Qoʻyliq” bozorida Lazer guruchining kilosini 18 000 – 25 000 soʻmdan, noʻxatni 18 000 – 20 000 soʻmdan, qizil loviyani 14 000 – 17 000 soʻm, moshni 10 000 – 12 000 soʻmdan xarid qilish mumkin.

Mazkur bozorda kartoshkaning kilosi 1 700 – 4 000 soʻm, piyozniki 1 200 – 2 200 soʻm, sabziniki esa 1 000 – 2 500 soʻm. Bulgʻor qalampirining kilosi 2 000 – 20 000 soʻmdan, bodring 15 000–20 000 soʻmdan, pomidor 10 000 – 21 000 soʻmdan, sarimsoq piyoz 12 000 – 23 000 soʻmdan sotilmoqda.

Mevalardan bananning kilosini maksimum 23 000 soʻmdan, anor 50 000 soʻm, limon 30 000 soʻm, behi 25 000 soʻmgacha xarid qilish mumkin.

Vazirlik “Qoʻyliq” bozorida 28 turdagi meva, sabzavot, dukkakli va guruch mahsulotlari narxlari boʻyicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 dan 7:00 ga qadar oʻrganilganini qayd etgan. “Chorsu” bozorida mol va qoʻy goʻshti narxlari boʻyicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 va 8:00 oraligʻida yigʻilgani eslatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//