Oʻzbekiston 2023-yil Grin kard orqali viza olishda dunyoda 7-oʻrinni egalladi

Saqlash
21:31 / 27.11.2023 1256 0

Toshkentdagi AQSH elchixonasi DV-2023 (Grin kard) dastur yili davomida immigratsion vizalarni taqdim etish boʻyicha dunyo boʻylab 7-oʻrinni egallaganini maʼlum qildi.

AQSH hukumati “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV” dasturi (Green Card / Grin kard) doirasida 50 mingta doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi. 2023-yilgi mavsum uchun ushbu vizani qoʻlga kiritish maqsadida taxminan 119 mingdan ziyod kishi roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, oʻzbekistonlik ishtirokchilar lotereyani eng koʻp yutganlar orasida misrliklar va jazoirliklardan keyin uchinchi oʻrinni egalladi:

Misrda — 5529;
Jazoirda — 5526;
Oʻzbekistonda — 5511;
Eronda — 5506;
Rossiya — 5505 nomzod gʻalaba qozongan.

7-sentabr kuni elchixona 2023-yilgi Grin kard dasturini muddatidan oldin yakunlashini eʼlon qildi. Bunga mavjud boʻlgan barcha 55 mingta viza berib boʻlingani sabab qilib koʻrsatilgan. AQSHning Toshkentdagi elchixonasida 3100 dan ortiq murojaatchi bilan suhbat oʻtkazilib, viza berilgan.

Eslatib oʻtamiz, Grin kard dasturining 2024-yil uchun mavsumida roʻyxatdan oʻtish 2023-yil 4-oktabrdan 2023-yil 7-noyabrgacha boʻlib oʻtdi. Natijalar 2024-yilning may oyi boshida chiqishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//