Jamiyat
Samarqand shahrida janjalga chek qoʻyishga borgan profilaktika inspektoriga qarshilik koʻrsatgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olindi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Saʼdullayevning maʼlum qilishicha, 20-noyabr kuni soat 19:30 da shaharning Bunyod mahallasida yashovchi fuqaro M.R. 102 operatoriga qoʻngʻiroq qilib, yashash xonadonida janjal boʻlayotganini maʼlum qilgan va inspektor yuborishni soʻragan. Shunga koʻra, IIO FMB 6-sonli IIB profilaktika inspektori A.T. xonadonga borgan.
“Shu vaqtda muqaddam Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan sudlangan fuqarolar M.R., uning opasi, turmush oʻrtogʻi va ukasi oʻzaro janjallashayotganini koʻrib, ularni ajratib, janjalga chek qoʻymoqchi boʻlgan. Ammo fuqarolar profilaktika inspektoriga faol qarshilik koʻrsatib, uning turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, inspektorga tegishli Spark mashinasining old oynasini sindirib, moddiy zarar yetkazgan”, deyiladi IIB xabarida.
Fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan (3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi koʻzda tutilgan).
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q