Haftalik ob-havo eʼlon qildi

Saqlash
17:50 / 27.11.2023 1258 0

Oʻzbekistonda 27-noyabr–1-dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

27–28-noyabr kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq boʻlgan ob-havo saqlanib turadi, havo harorati +20...+25 darajagacha iliq boʻladi.

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, 28-noyabrda faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

29-noyabrda shimol-gʻarbiy hududlaridan nam havo oqimi kirib kelishi va respublika hududining katta qismida tarqalishi kutilmoqda. Respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shamol kuchayadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

30-noyabrda yomgʻir faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻadi, boshqa hududlar uchun yogʻingarchilik kutilmaydi.

1-dekabrda butun hudud boʻylab quruq ob-havo kuzatiladi.

29-noyabrdan havo harorati pasayishni boshlaydi va ish haftasining ikkinchi yarmida kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, respublika shimolida kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +5...+10 darajani tashkil etadi.

Poytaxtda bugun va ertaga yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +21...+24 daraja boʻladi.

29-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat +15...+17 daraja boʻladi.

30-noyabr va 1-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari +2...+7 darajagacha, kunduzi +10...+15 darajagacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//