Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oʻzbekiston bilan Saudiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik va keng koʻlamli sheriklikni yanada kengaytirish, shu jumladan oliy darajadagi kelishuvlarni soʻzsiz amalga oshirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv avvalida investitsiyalar vaziri Oʻzbekiston yetakchisiga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud hamda Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari keyingi yillarda oʻzaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Oʻzaro savdo koʻrsatkichlari, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga, eng avvalo “yashil” energetika sohasiga Saudiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari hajmi, aviaqatnovlar soni ortib bormoqda.
Saudiya taraqqiyot fondi koʻmagida sogʻliqni saqlash, taʼlim, suv taʼminoti va boshqa yoʻnalishlarda bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshma fond tashkil etilmoqda.
Saudiya delegatsiyasining bu galgi tashrifi doirasida kimyo, energetika, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, IT va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida 12 milliard dollarlik oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlar imzolandi.
Yurtimizning turli hududlaridagi yirik energetika loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, transport infratuzilmasi va kommunal xoʻjaligi, geologiya, irrigatsiya, maishiy chiqindilarni qayta ishlash, oliy taʼlim, mehnat migratsiyasi boʻyicha umumiy qiymati 11 milliard dollarlik yangi loyiha va dasturlarni ilgari surishga kelishib olindi.
Oʻzbekistonda “yashil” energetikani rivojlantirishda eng katta sarmoyador va strategik hamkor boʻlgan “ACWA Power” kompaniyasi bilan sermahsul hamkorlik alohida qayd etildi. Bugungi kunda kompaniya bilan birgalikda qiymati 7,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Sirdaryo viloyatida 1,5 gigavatt quvvatli zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining faoliyati hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish ishlari boshlanayotganini olqishladi.
Shuningdek, vazir Holid al-Falixni Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi va har tomonlama koʻmagi uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q