O'zbekistonlik o'quvchilar uchun Turkiyada ta'lim grantlari ajratilishi mumkin

Saqlash
15:14 / 04.12.2021 1077 0

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Turkiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida ikki mamlakatlarning taʼlim tizimlari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik yoʻnalishlari muhokama etilgan. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, oʻzbekistonlik oʻquvchilarga Turkiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishi uchun grant ajratish, vazirliklar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Turkiya maorif vazirining Oʻzbekistonga ishchi tashrifi rejalashtirilmoqda.

 

Oʻz navbatida Xalq taʼlimi vaziri ikki davlat oʻrtasidagi taʼlim sohasiga oid hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib olish uchun turkiyalik hamkasbi bilan uchrashuvga tayyorligini maʼlum qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//