Jamiyat
Qashqadaryo viloyatida 14 yashar qizni jinsiy qullikda saqlab kelishda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi, deb xabar bermoqda Bolalar ombudsmani.
Qayd etilishicha, Kitob tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro N.A.ga (ayol) nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, hozirda tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
2023-yilning 25-noyabr kuni fuqaro N.A. (ayol) gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan JIB Kitob tumani sudining 26.11.2023-yildagi ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Mazkur ish yuzasidan Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan Ch.T. ning qonuniy manfaatlari taʼminlanishi ustidan parlament nazoratini davom ettirishi maʼlum qilingan.
24-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda mazkur hodisa haqida maʼlumot tarqalgan va Bosh prokuratura tergov boshlagandi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q