Shamollash va grippda qaysi mahsulotlar foydali? SSV maʼlumot berdi

Saqlash
15:02 / 27.11.2023 1101 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi OʻRVIga qarshi kurashda isteʼmol qilish foydali boʻlgan mahsulotlar haqida maʼlumot berdi.

Vazirlikka koʻra, mavsumiy oʻtkir respirator kasalliklarga qarshi kurashishning eng samarali yoʻli organizm immunitetini koʻtarishdir. Quyidagi bir qator mahsulotlar inson immun tizimi uchun foydali:

Limon. Uni maydalab, biroz shakar qoʻshib kun davomida uch martagacha bir choy qoshiqchadan isteʼmol qilish immunitetni mustahkamlashda samara beradi.

Naʼmatak. Naʼmatak sharbati, mevalaridan choy damlab ichish juda foydali. Kechqurun termosga oʻn dona naʼmatak mevasi soling va ustidan qaynoq suv quying. Ertasiga kun boʻyi mazkur damlamadan ichib yuring. Bu ichimlik immunitetni koʻtaradi.

Tuzlangan karam. Tuzlangan karamga biroz zaytun moyi va mayda toʻgʻralgan boshpiyoz qoʻshib isteʼmol qilish koni foyda.

Piyoz. Piyoz tabiiy antibiotik hisoblanadi.

Sarimsoq. Shamollash va virusdan asraydi, yurak-qon tomiri xastaliklari bilan kasallangan bemorlar uchun juda foydalidir. U qon bosimini va xolesterin darajasini pasaytiradi.

Tvorog. Uy sharoitida tayyorlangan tvorog ayniqsa oʻta foydali.

Tuxum. Qaynatilgan tuxum tarkibida A, B2, B5, B6, B9, B12, D, K kabi vitaminlar, shuningdek, biotin, kalsiy, magniy, rux, selen, mis, marganes temir kabi foydali vitaminlar boʻladi.
 

“Ushbu mahsulotlarni sevib isteʼmol qiluvchilarning kasallikka chidamliligi yuqori boʻladi, kasallikka chalinganda ham uni yengib oʻtishi immun tizimi uchun nisbatan oson chekadi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//