Jamiyat
Toshkent metrosi “Yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishining Texnopark (Doʻstlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari ish rejimi 25-noyabrdan soat 6:00 dan 22:00 gacha tashkil etiladi. Bu haqda Metropoliten maʼmuriyati xabar berdi.
Toshkent metropoliteni “Yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha boʻlgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida yoʻnalishdagi boshqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan oʻzaro bogʻlash ishlarini tashkillashtirish rejalashtirilgan.
Shu sababli rejadagi ishlarni amalga oshirish uchun yuqoridagi ikki bekatda ish tartibi qisqaradi.
Shuningdek, Tuzel (3-bekatidan) Quruvchilar (12-bekat) bekatigacha boʻlgan bekatlar oraligʻida ish rejimi oʻzgarmagan holda 05:00 dan 23:00 gacha tashkil etiladi.
Soat 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha Tuzel—Quruvchilar bekatlari oraligʻida bir tomonlama (chelnok) poyezdlar harakati tashkil etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q