Jamiyat
Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻylab havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
“Oʻzgidromet”ning xabar berishicha, dam olish kunlari havo haroratining asta-sekin koʻtarilishi davom etadi. 24-noyabr kuni kunduzi harorat 15-18 darajagacha koʻtariladi, shanba kuniga kelib 17-20 darajagacha, yakshanba kuni esa 20-23 darajagacha isiydi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq atrofida boʻladi.
Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, bugun kunduzi baʼzi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.
Toshkentda 24–26-noyabr kunlari havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechalari 7-9 daraja iliq, kunduzi 24-noyabrda 15-17 darajagacha, 25-noyabrda 16-18 daraja, 26-noyabrda 19-21 daraja atrofida boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q