Jamiyat
Toshkent shahar Yunusobod tumanida 9 yoshli yoʻlovchi qizga shahvoniy shilqimlik qilgan konduktor qamaldi.
3-noyabr kuni soat 11:30 atrofida 115-sonli avtobus konduktori boʻlib ishlaydigan A.X. voyaga yetmagan 2014-yilda tugʻilgan S.J.ning yoniga oʻtirib, shahvoniy shilqimlik qilib, uning qoʻlidan ushlagan. 22-noyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida fuqaro A.X.ga nisbatan maʼmuriy ish koʻrib chiqilgan.
Sud majlisida huquqbuzar aybiga iqror boʻlib, sodir etgan qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan va suddan yengil jazo berishini soʻragan.
Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi A.X.ga ning Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, jazo oʻtalganidan soʻng huquqbuzardan Toshkent shahar IIBB Maʼmuriy tartibda qamoqqa olingan shaxslarni saqlash maxsus qamoqxonasi foydasiga qamalganlarni saqlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar uchun qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida 247 500 soʻm undirilishi belgilandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q