Jamiyat
Hukumat qarori (613-son, 20.11.2023-y.) bilan “Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlandi.
Unga koʻra, avtomototransport vositasiga ishonchnoma ariza beruvchi tomonidan YAIDXP (my.gov.uz)dan foydalangan holda, oʻzining va ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlarini kiritish orqali mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.
Davlat xizmati “Notarius” AATdan foydalangan holda YAIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladi.
Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga koʻra 1 oy, 6 oy va 3 yil muddatgacha beriladi.
Ariza beruvchi soʻrovnomada koʻrsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori boʻlmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi. Ishonchnomaga kiritiladigan shaxslar soniga cheklov oʻrnatilmaydi.
Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
1 oygacha boʻlgan muddatga – 10 foiz;
1 oydan ortiq va 6 oygacha boʻlgan muddatga – 50 foiz;
6 oydan ortiq va 3 yilgacha boʻlgan muddatga – 100 foiz.
Elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtirilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan bir xil yuridik kuchga egadir.
Ishonchnoma quyidagi holatlarda bekor qilingan hisoblanadi:
ishonchnomaning amal qilish muddati tugaganda;
ishonchnomani bergan shaxs tomonidan bekor qilinganda;
ishonchnoma rasmiylashtirilgan vaqtdan soʻng ishonchnomani bergan shaxs muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
ishonchnoma berilgan shaxs(lar) muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
avtomototransport vositasining mulkdori oʻzgarganda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q