Buxoroda Turkiya madhiyasi muallifi, ona tomondan o‘zbek Mehmed Akif Ersoy tavalludining 150 yilligi nishonlandi

Saqlash
15:49 / 24.11.2023 1906 0

Shu yilning 22-noyabr kuni Buxoro shahrida, Turksoy,Tika, Turkiya yozuvchilar uyushmasi, Anqara ijtimoiy Fanlar universiteti, Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Sag'lik Bilimleri Universiteti hamkorligida Mehmet Akif Ersoy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan axborot festivali bo'lib o'tdi.

 

Tadbirning Buxoroda o‘tkazilishiga sabab, mashhur shoir, tarjimon, Turkiya madhiyasi muallifi Ekif Ersoyning onasi, Amina Sharif xonim asli buxorolik o‘zbek oilasidan bo‘lib, Onado‘liga keyinroq ko‘chib ketgandi. Shu boisdan shoirning tug‘ilgan kuni uning “ona” vatani Buxoroda nishonlandi. 

 

Bayram munosabati bilan Buxoroga Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti hamda Turkiyaning taniqli tarixchi va adabiyot namoyondalaridan iborat delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.

 

Festival doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Anqara ijtimoiy Fanlar universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Ikki muassasa o'rtasida tadqiqotchilar va talabalar almashinuvi, elektron ta'lim orqali hamkorlikda tadqiqot faoliyati, ma'ruza va onlayn ma'ruzalar, seminar va ilmiy uchrashuvlarda qatnashish, qisqa muddatli o'quv dasturlarini birgalikda tashkil etish, nashr etilgan ilmiy materiallar va boshqa ma'lumotlar almashinuvi, qisqa muddatli maxsus o'quv dasturlari hamda fanlararo tadqiqot salohiyatini rivojlantirish to'g'risida hamkorlik shartnomalariga qo’l qo‘yildi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//