Jamiyat
Oʻzbekistonda yosh oʻgʻil-qizlar orasida oʻtkir respirator kasalliklarning davriy koʻtarilishi kuzatilmoqda.
SSVning maʼlum qilishicha, ushbu xastalikka chalinishning asosiy ulushi esa Toshkent shahri aholisi hissasiga toʻgʻri kelyapti. Natijada poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar yilning boshqa davrlariga nisbatan ortgani kuzatilmoqda.
Kuz-qish mavsumi odatda gripp va oʻtkir respirator virusli infeksiyalarning tarqalishi uchun qulay davr hisoblanadi. Ayniqsa, bu paytda kichik yoshdagi bolalarning nafas yoʻllari yuqumli kasalliklariga chalinish koʻrsatkichlari yilning boshqa davrlariga nisbatan anchagina ortadi.
Shu bois ehtiyot chorasi sifatida vazirlik mazkur holatni oʻz nazoratiga olganini maʼlum qildi.
Biroq shunga qaramasdan mavsumiy yuqumli kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonlarini samarali tashkil etish hamda oʻtkir respirator kasalliklar tarqalishi bilan bogʻliq muammolarni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Zangiota-1 yuqumli kasalliklar shifoxonasida oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga chalingan bolalar uchun ajratilgan oʻrinlar sonini 300 tadan 500 taga oshirish belgilandi.
Shuningdek, soʻnggi kunlarda aholidan haroratining koʻtarilishi, yoʻtal belgilari bilan chaqiruvlar soni ortgani sababli 103 xizmatiga ertalab soat 06:00 dan 14:00 gacha poytaxt shifoxonalarida zaxirada boʻlgan 40 ta avtomashina qoʻshimcha ajratildi.
Yigʻilishda vazir klinik shifoxonalarga yuklamani kamaytirish uchun bu yoʻnalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, ambulator sharoitda davolanayotgan bemorlarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat qamrovini oshirish zarurligini taʼkidlab, bu boʻyicha masʼullarga kerakli topshiriqlar berdi.
Bundan tashqari, oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, bugungi kunda yurtimizda OʻRVI kasalligiga chalinib, shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning maʼlum qismi statsionar davoga muhtoj emas.
Shu sababli yigʻilishda oilaviy poliklinika shifokorlariga oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga chalingan bemorlarni ambulator sharoitda davolash boʻyicha zarur tavsiyalar berish uchun ixtisoslashtirilgan markazlardagi pediatrlar va barcha tor doiradagi mutaxassislar jalb etilishi lozimligi qayd etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q